Biror kishi tushida notanish insonni ko’rsa, bu inson hech kimga o’xshamasa, tush ko’rgan kishining nafsi, deb ta’bir qilinadi. Tushda chiroyli libosdagi kishilarni ko’rgan odam biror narsadan xursand bo’ladi, davlatdan kutganiga erishadi. Sevgan kishisining bo’yi o’sganini ko’rish yaxshilikka yo’yiladi. Boshi yuvilganini ko’rgan kishi dushman- laridan ustun keladi. Tushda soch qirqish yaxshilik alomati emas. Bunday tush ko’rgan ayolning eri vafot etadi yoki er-xotin ajrashadi. Biror kishi tushida soqoli yulinganini ko’rsa yoki ularni o’z qo’llari bilan yulsa, ishlari izga tushadi. Tushida soqoli oqarganini ko’rgan kishining obro’yi ortadi.
Soqoli kindigagacha tushganini ko’rgan kishi qo’shnisiga qarshi ish kerak. Shunday tush ko’rgan yosh kishi merosga ega bo’ladi. Soqolidan tuklar kamayganini ko’rgan kishining davlati kamayadi, tinchi yo’qoladi. Oyoqlarida tuklar juda ko’pligini ko’rgan kishining birodarlari va farzandlari ko’p bo’ladi. Badanni tuk bosgan kishining o’ta sodiq o’g’li bo’ladi. Badanidagi tomirlarni ko’rgan kishi ota-onaning boyligi bilan qudratli bo’ladi. Biror kishi tushida qornidan et yoki teri chiqqanini ko’rsa, boyiydi. Biror kishining yuragini chiqarib eganini tush ko’rgan odam mol-mukka ega bo’ladi. Boshidan qon oqqanini ko’rgan kishi ham shunday.
Tushda odam
Badanini tuk o’smaydigan joylarini tuk bosganini ko’rish boylik va obro’ga ishoradir. Beldan yuqoridagi tana a’zolarida kamchilik borligini ko’rgan kishi azobda qoladi. Ayol kishi shunday tush ko’rsa, eri bi- lan ajrashadi. Tushida rangi oqarganini ko’rgan kishi kasal bo’ladi.
Tushda semiz inson
Tanasining biror joyida ortiqcha a’zo borligini ko’rgan kishi boyiydi. Semirganini ko’rgan kishi dushmanidan ustun keladi. Sochi uzun bo’lib ketganini ko’rgan kishi farzandli bo’ladi. Sochini qo’li bilan kesgan ayolning eri ko’p o’tmay vafot etadi. Tushida inson go’shtini eyish g’iybat, yomon so’zdir.
IP
Tushda ko’rilgan ip ahd va shartnomadir. Osmonda osi- lib turgan ip Qur’oni Karimdir. Ip – din. Shuning uchun bu ipga osilganini ko’rgan ishi Allohning ipi bo’lgan haq dinga yopishgan kishidir. Ipni bukib, birovning bo’yniga otish uylanishga ishoradir.
IPAK
Tushda ipak ko’rish erkak uchun harom mol va xotin; ayol uchun obro’-e’tibor, er va amaldir. Qora ipak xafagarchi- likdir. Tushda ipakli mato ko’rish ham ipak kabi ta’bir qilinadi.